- Bosh sahifa
- Loyihalarni moliyalashtirish
Loyihalarni moliyalashtirish
“Madad Invest Bank” ATB tadbirkorlarning istiqbolli loyixalarini samarali usullar va qulay shartlarda moliyalashtirishni ustuvor vazifa deb qaraydi. Loyixalarni moliyalashtirish quydagi yo`nalishlarga qaratiladi:
v Ishlab chiqarish ob’yektlarini qurish bo`yicha investitsiya xarajatlari;
v Texnika va texnologiyalarni sotib olish yoki mavjudlarini modernizatsiya qilish;
v Turizm ob’yektlarini qurish va jixozlash;
v Innovatsion texnologiyaga asoslangan uskuna va dasturiy ta’minotlarni sotib olish va ishlab chiqarishga joylashtirish;
v Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan investitsiya xarajatlari
Loyihalarni moliyalashtirish doirasidagi kredit mablag`lari quyidagi shartlarda ajratiladi:
Kredit miqdori |
Loyiha qiymatining 70 foizi miqdorida |
Muddati |
Loyixaning o`z-o`zini qoplash davri+12 oy |
Yillik kredit foizi |
Bankning o`z mablag`lari hisobidan: O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 1,4 barobari miqdorida Xorijiy kredit liniyalari hisobidan: Xalqaro kredit liniyasi mablag`laridan foydalanish shartlariga muvofiq |
Imtiyozli davr |
Loyiha xususiyatidan kelib chiqib 36 oy muddatgacha |
Kredit ta’minoti |
O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko`zda tutilgan ta’minot turlaridan biri shu jumladan O`zbekiston Respublikasi tadbirkorlik faoliyatini qo`llab quvvatlash Davlat jamg`armasi kafilligi |
Kredit valyutasi |
Milliy yoki xorijiy valyutada |
Boshqa shartlar |
Loyihalarni moliyalashtirish bankda kredit resurslari mavjud bo`lganda va ushbu loyihaning moliyalashtirilishi natijasidan markaziy bankning purdentsiyal talablari buzilmaydigan xolatlarda amalga oshiriladi |
Oxirgi yangilanish sanasi : 29.01.2020