- Bosh sahifa
- Korporativ internet banking
Korporativ internet banking
Internet-banking — Sizga Internet orqali o’z hisobraqamingizni boshqarishga imkon beruvchi interaktiv bank xizmatidir. Internet-banking texnologiyasidan foydalanish uchun Sizga Internetga ulangan hamda Microsoft Internet Explorer brauzeri o’rnatilgan kompyuterga ega bo’lish yetarli.
Internet-banking quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
- Bankka barcha turdagi moliyaviy hujjatlarni yuborish va bank bilan ma’lumot almashish, vaqtingiz va transport harajatlaringizni tejash;
- Bankdan barcha hisobraqamlar bo’yicha istalgan vaqt davri uchun ko’chirmalarni va hujjatlarni olish;
- Bankda real vaqt rejimida to’lov hujjatlariga ishlov berishning barcha bosqichlarini kuzatish;
- Xatolar to’g’risida xabarlarni tez olish;
- Kiruvchi va chiquvchi to’lov hujjatlarini ko’zdan kechirish va chop etish
Internet-banking — mijoz - bank tizimining takomillashgan turidir. Internet-banking bank mijozlari uchun bir qator qo’shimcha afzalliklarga ega:
- Mijoz va bank o’rtasida o’zaro hisob-kitoblar real vaqt rejimida o’tkaziladi. Siz kompyuteringiz ekranida bankda to’lov hujjatlariga ishlov berishning barcha bosqichlarini kuzatishingiz mumkin;
- Sizning manzilingizga kelgan to’lovlar to’g’risida ma’lumot, bankka kelib tushishi bilan yangilanib turadi;
- Uzatiladigan axborotni ruxsat etilmagan tajovuzlardan himoya qilish xalqaro kriptografiya formatidan foydalanib, shifrlash bilan ta’minlanadi.
Aloqa qiluvchi tomonlar elektron raqamli imzolardan (ERI) foydalanadi. Identifikatsiyalash tizimi operatsiyani o’tkazuvchi tomonlarning haqiqiyligini tasdiqlashni kafolatlaydi.
Tomonlarning ERI bilan tasdiqlangan elektron hujjatlar tomonlarning imzolari va muhrlari bilan tasdiqlangan qog’oz hujjatlari bilan teng yuridik kuchga ega bo’ladi.
Internet-banking tizimini ulash va undan foydalanish uchun quyidagilar kerak bo’ladi:
- Bank hisobraqamingizga xizmat ko’rsatuvchi ATB "Madad Invest Bank" bankining filialiga buyurtma berish;
- Internet-banking tizimidan foydalanib bank hisobraqamiga xizmat ko’rsatish shartnomasini tuzish
Internet-banking tizimiga kirish uchun ushbu net-banking.madadinvestbank.uz url manzilidan foydalaning.
Oxirgi yangilanish sanasi : 19.04.2023