- Bosh sahifa
- Iste'molchi burchagi
Iste'molchi burchagi
Bank xizmatlarining iste’molchilari bankni va bank xizmatlarini tanlashda erkindir. Banklar iste’molchining talabiga binoan unga bank xizmatlarini ko‘rsatish shartlari bilan tanishish imkoniyatini taqdim etishi shart.
Bank shaxsni bankning xizmatidan yoki mahsulotidan foydalanish sharti sifatida bankning yoki o‘zga uchinchi shaxsning boshqa bank xizmatidan yoki mahsulotidan foydalanishga majbur qilmasligi kerak.
"Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 65 - modda
Bank xizmatlari ko‘rsatishning umumiy shartlari, vositachilik haqi, tariflar va bank xizmatlari ko‘rsatganlik uchun foiz stavkalari to‘g‘risidagi axborot ochiq axborot bo‘lib, ular bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Mazkur axborot tijorat yoki bank sirining predmeti bo‘lishi mumkin emas.
Bank xizmatlari ko‘rsatish shartnomasi tuzilguniga qadar iste’molchiga ular to‘g‘risidagi axborotning to‘liq oshkor qilinishi ta’minlanishi kerak. Ko‘rsatiladigan bank xizmatlarining shartlari va qiymati haqidagi axborotni mijozga taqdim etishni rad qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Banklar kredit berish qanday shartlar asosida amalga oshirilayotganligi haqida, shu jumladan kreditning (qarzning) to‘liq qiymati to‘g‘risida mijozga axborot berishi kerak.
Kreditning (qarzning) to‘liq qiymati deganda hisob-kitob qilish chog‘ida qarz oluvchining kredit (qarz) olish bilan bog‘liq to‘lovlari hisobga olinadigan ishonchli, yillik va samarali tarzda hisoblab chiqarilgan foiz stavkasi tushuniladi. Kreditning (qarzning) to‘liq qiymati hisob-kitobiga qarz oluvchining to‘lovlari, shu jumladan uchinchi shaxslar foydasiga to‘lovlari, agar qarz oluvchining bunday to‘lovlar bo‘yicha majburiyati shartnoma shartlaridan kelib chiqsa va (yoki), agar kredit (qarz) berish bunday to‘lovlarni amalga oshirishga bog‘liq qilib qo‘yilgan bo‘lsa, kiritiladi.
Bank xizmatlari ko‘rsatishning umumiy shartlaridagi o‘zgarishlar ular kuchga kirishidan kamida o‘n kun oldin bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi kerak, shuningdek foiz stavkalarining va valyutalarni ayirboshlash kursining o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborot ular o‘zgargan kuni e’lon qilinadi.
"Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 66 - modda
Bank xizmati iste'molchilar xuquqlarini himoya qilish bo'yicha yo'riqnoma
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi.
Iste'molchilarning murojaat qilish usullari va murojaatlarini ko'rib chiqish tartibi
Iste'molchilarning murojaat qilish usullari va murojaatlarini ko'rib chiqish tartibi
Jismoniy shaxslarga kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish UNIVERSAL SHARTNOMASI
Oxirgi yangilanish sanasi : 26.04.2024