- Bosh sahifa
- Bank rivojlanish strategiyasi
Bank rivojlanish strategiyasi
Bankning strategik maqsadlari:
- O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida investitsion va tijorat faoliyatining o’sishiga ko’maklashish;
- Xususiy ishbilarmonlik shakllanishi va rivojlanishini bevosita qo’llab-quvvatlash.
Strategik vazifalari:
- O‘z mijozlarining ishlab chiqarish, savdo va boshqa faoliyat bilan bog‘liq, shu jumladan, norezidentlar bilan hisob-kitoblarini sifatli tashkil etish va amalga oshirish;
- Iqtisodiyotda bo‘sh turgan milliy va chet el valyutalaridagi yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini jalb qilish;
- Mijozlarining ishlab chiqarish, savdo va boshqa faoliyat bilan bog‘lik operatsiyalarini kreditlashni amalga oshirish;
- Bank tavakkalchiligi va likvidliligini samarali boshqarish;
- Aholiga, shuningdek iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga zamonaviy va yuqori sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish;
- Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish;
- Bank sohasiga oid konsalting xizmatlarini ko‘rsatish.
Bank istiqbollari
“Madad Invest Bank” ATB Bank mijozlariga xizmat ko'rsatishda eng avvalo sifatga e’tibor qaratadi hamda zamonaviy va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda o’z xizmat ko’rsatish faoliyatini muntazam ravishda rivojlantirib boradi.
Oxirgi yangilanish sanasi : 14.03.2023