- Bosh sahifa
- Bank haqida
Bank haqida
2016-yil - Bankning tashkil etilishi
“Madad Invest bank” aktsiyadorlik tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasida soʼnggi 7 yil ichida ilk tashkil etilgan bank boʼlib, u oʼz mijozlariga barcha turdagi keng koʼlamli bank xizmatlarini koʼrsatib kelmoqda.
2016 yil - Litsenziya berildi
2016 yil 22-oktyabrda Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 82-sonli bank amaliyotlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi berildi
2016 yil - Fond aʼzoligiga qabul qilindi
Аholining banklardagi omonatlarini himoyalashning ishonchli va samarali mexanizmi yaratildi. Oʼzbekiston Respublikasining "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari toʼgʼrisida"gi Qonun ijrosi doirasida 23.11.2016 yilda "Madad Invest bank" АTB ushbu fondga aʼzo boʼldi.
2017 yil – “Bank-Mijoz”
2017 yil 15 yanvarda bank va mijoz oʼrtasida fayl almashuvi boʼyicha «Bank – Mijoz» dasturiy majmuasi ishga tushirildi.
2017 yil – Litsenziya berildi
2017 yil 10 fevralda Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2528-sonli kassa operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi berildi.
2017 yil – Plastik kartalarning chiqarilishi.
2017 yil 31 martda "Madad Invest bank" АTB oʼzining birinchi soʼm plastik kartochkalarini muomalaga chiqardi.
2017 yil 6-iyul - Bankning Аmaliyot boshqarmasi ish boshladi
2017 yilning 6-iyulidan "Madad Invest bank" АTB ning Аmaliyot boshqarmasi oʼz ish faoliyatini boshladi.
2017 yil - Bank litsenziyasi qayta rasmiylashtirildi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-sonli qaroriga asosan, Oʼzbekiston Respublikasining 2017 yil 21 oktyabrdagi 28/28-qaroriga muvofiq, bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi almashtirildi (2017 yil 21 oktyabrdagi 82-sonli)
2017 yil - Bankning 1 yilligi.
2017 yilning 22 oktyabrida bank oʼzining Oʼzbekiston bozoridagi faoliyatining 1 yilligini nishonladi.
2017yil -"Madad Invest bank" АTB Boshqaruv Raisining virtual qabulxonasi ishga tushirildi
2017 yil -“Toshkent” Respublika birjasiga aʼzo boʼldi
Oxirgi yangilanish sanasi : 09.01.2023