- Bosh sahifa
- Bankning maqsadi va faoliyati
Bankning maqsadi va faoliyati
Bank faoliyatining maqsadi va turlari
1. Bank faoliyatining asosiy maqsadlari quyidagilar:
- O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida investitsion va tijorat faoliyatining o‘sishiga ko‘maklashish;
- xususiy ishbilarmonlik shakllanishi va rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash;
- xususiy va jalb qilingan mablag‘lardan foydalanib, daromad olish.
2. Ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish uchun bank quyidagi asosiy faoliyat turlarini amalga oshiradi:
- O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi (so‘m) hamda chet el valyutalarida yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini jalb qiladi;
- o‘z mijozlarining ishlab chiqarish, savdo va boshqa faoliyat bilan bog‘lik, shu jumladan, norezidentlar bilan hisob-kitoblarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
- mijozlarining ishlab chiqarish, savdo va boshqa faoliyat bilan bog‘lik operatsiyalarini kreditlashni amalga oshiradi;
- o‘zining va jalb qilingan mablag‘larni tavakkalchilik asosida sarmoya sifatida ishlatadi;
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziya asosida barcha bank xizmatlarini ko‘rsatadi;
- amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartib va hollarda qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiradi;
- bank faoliyati sohasida maslahat xizmatlari ko‘rsatadi;
- bank faoliyatining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan taqiqlanmagan boshqa turlarini amalga oshiradi.
3. Bank bevosita ishlab chiqarish, savdo va sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega emas, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oxirgi yangilanish sanasi : 20.12.2022