- Bosh sahifa
- Barcha yangiliklar
- Bank boshqaruvining yangi raisi saylandi!
Bank boshqaruvining yangi raisi saylandi!
2024 yil 6 aprel kuni "Madad Invest Bank" aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarining yillik yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda bankning 2023 yildagi faoliyati sarhisob qilindi va 2024-2027 yillarga mo'ljallangan o'rta muddatli rivojlanish strategiyasi qabul qilindi.
Yangi strategiya doirasida kichik va o'rta biznesni rivojlantirish, bank mahsulotlari va xizmatlarini raqamlashtirish hamda ularni masofaviy kanallar orqali taqdim etish imkoniyatlariga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek, bek-ofis operatsiyalarini markazlashtiradigan va bank filiallarini savdo nuqtalariga aylantiradigan yangi tuzilma tasdiqlandi.
Aksiyadorlar yig'ilishida Tavakkalov Ulug'bek O'ktamovichni bank boshqaruvi raisi etib tayinlash to'g'risida ham qaror qabul qilindi.