- Bosh sahifa
- Pul va valyuta bozoridagi amaliyotlar
Pul va valyuta bozoridagi amaliyotlar
Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanayotgan mijozlar uchun bank taqdim etayotgan xizmatlar :
- Halqaro valyuta hisob varaqlarini ochish va hizmat ko'rsatish;
- SWIFT tizimi orqali halqaro valyuta to'lovlarini bajarish;
- Eksport va import shartnomalariga xizmat ko`rsatish
- Halqaro valyutalarini ayirboshlash bo'yicha konversiya amaliyotlari;
- Halqaro valyutani sotib olish bo'yicha arizalarni qabul qilish va ko’rib chiqish;
- Halqaro valyuta amaliyotlari bo'yicha boshqa xizmatlar;
- Hujjatli operatsiyalar;
Madad Invest Bank korporativ va xususiy mijozlar uchun SWIFT tizimi bo’yicha xalqaro hisob-kitoblarni va pul o’tkazmalarini amalga oshiradi. Agar Sizga chet elga yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobraqamiga pul mablag’larini o’tkazish zarur bo’lsa, SWIFT pul o’tkazmasi bu vazifaning eng yaxshi yechimi bo’ladi. SWIFT moliyaviy aloqalarning ilg’or xalqaro tizimi bo’lib, jahonning barcha davlatlari hududida pul oqimlarini o’tkazishni qo’llab-quvvatlaydi. SWIFT tizimi istalgan chet el valyutasida pul o’tkazish imkoniyatini beradi
SWIFT pul o’tkazmalarini qaysi davlatlarga jo’natish mumkin? SWIFT kommunikatsiya tizimiga 5 000 dan ortiq moliyaviy muassasalar va 150 000 dan ortiq mijozlarga xizmat ko’rsatish shoxobchalari kiradi, bu esa jahonning istalgan davlatiga pul o’tkazmasini jo’natish va olish imkonini yaratadi.
Pul o’tkazmasini amalga oshirish uchun hisobraqam ochish kerakmi?
SWIFT tizimi bo’yicha pul mablag’larini o’tkazish bankda hisobraqam ochilishi bilan amalga oshiriladi.SWIFT pul o’tkazmasini qanday amalga oshirish lozim?SWIFT tizimi bo’yicha pul mablag’larini o’tkazish uchun Sizga faqat pul o’tkazmasini oluvchining aniq ma’lumotlarini bilish (oluvchining nomi / ismi va hisobvarag’ining raqami ko’rsatilishi, oluvchi bankining aniq nomi, uning manzili va SWIFT — kodi), hisobraqam ochilishi uchun yoningizda pasport bo’lishi (jismoniy shaxslarga) kerak.
Nega aynan SWIFT pul o’tkazmasi?
SWIFT tizimi bo’yicha pul o’tkazmalarining tariflari boshqa yirik pul o’tkazmalari tizimlarining tariflaridan sezilarli darajada past
Oxirgi yangilanish sanasi : 13.03.2023