Yuksak taraqqiyot sari
Ishonch tefon raqami :     0 (373) 241-70-32
Tungi rejim
Maxsus imkoniyatlar
A++ A+ A
“Madad Invest Bank” xususiy aktsiyadorlik tijorat banki aktsiyadorlari diqqatiga!

Аktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishini chaqirish toʼgʼrisida

“Madad Invest Bank” XАTB Bank Kengashi aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishini 2017 yil 26 dekabrь kuni, soat 15:00 da, Fargʼona shahri, S.Temur koʼchasi, 71-uyda joylashgan “Quvasoytaʼmirqurilish” MChJ maʼmuriy binosining majlislar zalida oʼtkazilishini maʼlum qiladi.

Yigʼilish kun tartibi:

“Madad Invest Bank” xususiy aktsiyadorlik tijorat banki sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

“Madad Invest Bank” xususiy aktsiyadorlik tijorat banki aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi reglamentini tasdiqlash.

“Madad Invest Bank” xususiy aktsiyadorlik tijorat banki ustav kapitali miqdorini va eʼlon qilingan aktsiyalarining eng koʼp miqdorini belgilash.

“Madad Invest Bank” xususiy aktsiyadorlik tijorat banki tomonidan qoʼshimcha aktsiyalar joylashtirilayotganda Bank aktsiyadorlarining imtiyozli olish huquqini qoʼllamaslik.

“Madad Invest Bank” xususiy aktsiyadorlik tijorat banki eʼlon qilingan aktsiyalarining joylashtirish usulini va taqsimlanishini belgilash.

“Madad Invest Bank” xususiy aktsiyadorlik tijorat bankni tashkil etishdagi tashkiliy xarajatlar va ularni qoplash.

“Madad Invest Bank” xususiy aktsiyadorlik tijorat bankining Bank Kengashi aʼzolarini qayta saylash.

“Madad Invest Bank” xususiy aktsiyadorlik tijorat banki Bank Taftish komissiyasi aʼzolarini qayta saylash.

“Madad Invest Bank” xususiy aktsiyadorlik tijorat banki Boshqaruv raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish.

“Madad Invest Bank” xususiy aktsiyadorlik tijorat banki maqomini aktsiyadorlik tijorat bankiga oʼzgartirish va shu bilan bogʼliq oʼzgartirishlarni Bankning nomiga kiritish.

“Madad Invest Bank” xususiy aktsiyadorlik tijorat banki Ustaviga kiritiladigan oʼzgartishlar va qoʼshimchalarni tasdiqlash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat bankining yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

13. “Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki “Аktsiyadorlar umumiy yigʼilishi toʼgʼrisida”gi, “Bank Kengashi toʼgʼrisida”gi, “Bank Boshqaruvi toʼgʼrisida”gi, “Taftish komissiyasi toʼgʼrisida”gi, “Ichki nazorat toʼgʼrisida”gi va “Manfaatlar qarama-qarshiligi vaqtida harakat qilish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizomlarni tasdiqlash.

 

14. “Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat bankida Korporativ boshqaruv toʼgʼrisidagi Kodeks talablarini bajarish va Kodeks talablarini bajarish majburiyatini olish toʼgʼrisidagi xabar matnini tasdiqlash.

 

 

“Madad Invest Bank” XАTB Bank Kengashining 2017 yil 15 dekabrdagi majlisi qaroriga asosan aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishida ishtirok etish huquqiga ega boʼlgan aktsiyadorlar roʼyxati 2017 yil 20 dekabrь kuni holatiga hamda umumiy yigʼilish oʼtkazilishi haqida aktsiyadorlarga xabar qilish uchun aktsiyadorlar roʼyxati 2017 yil 15 dekabrь kuni holatiga tuziladi.

 

Bank aktsiyadorlarini va yigʼilish qatnashchilarini roʼyxatga olish 2017 yil 26 dekabrь kuni soat 14:00 dan 14:50 gacha davom etadi.

 

Аktsiyadorlar oʼzlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan oʼrnatilgan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari soʼraladi.

 

Аktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi maʼlumotlari bilan Fargʼona shahri, Mustaqillik koʼchasi, 312-uyda joylashgan “Madad Invest Bank” XАTBda tanishishingiz mumkin. Bankning elektron pochta manzili: info@madadinvestbank.uz. Maʼlumot uchun telefonlar: (0-373) 241-70-32, (0-373) 241-70-44.

 

Bank Kengashi

Masofaviy bank xizmatlari yanada yaqinroq

"MADAD INVEST BANK” ATB o'z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida, bankning mobil versiyalar uchun mo'ljallangan ilovasini ishlab chiqdi. Ushbu dastur orqali foydalanuvchi bank xizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalanishi mumkin. Dasturning tashqi interfeysi sodda va tushunarli qilib yaratilgan. Ilovaning dizayni bank dizayniga hamohang tarzda ishlangan.

Обратная связь
Sizning so'rovingiz yuborildi.
Обратная связь