- Bosh sahifa
- Barcha yangiliklar
- “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari diqqatiga!
“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari diqqatiga!
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida
“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini 2023 yil 23 mart kuni, soat 11:00 da, Farg‘ona shahri, S.Temur ko‘chasi, 71-uyda joylashgan “STROY MONTAJ INVEST” MChJ ma’muriy binosining majlislar zalida o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Yig‘ilish kun tartibi:
1. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
3. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining 2016-2021 yillar yakuni bo‘yicha taqsimlanmagan foydasini taqsimlash.
4. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki e’lon qilingan aksiyalarining eng ko‘p miqdorini belgilash.
5. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash.
6. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining Taftish komissiyasi a’zolari vakolatini muddatidan ilgari tugatish.
7. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining muddatidan ilgari vakolati tugatilgan Taftish komissiyasi a’zolari o‘rniga yangi Taftish komissiyasi a’zolari saylash.
8. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
“Madad Invest Bank” ATB Kuzatuv kengashining 2023 yil 24 fevral kungi majlisi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun bank aksiyadorlari reestrini 2023 yil 24 fevral kuni holatiga va aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestrini 2023 yil 14 mart kuni holatiga tuziladi.
Bank aksiyadorlarini va yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2023 yil 23 mart kuni soat 10:00 dan 10:50 gacha davom etadi.
Aksiyadorlar o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so‘raladi.
Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishi bo‘yicha ma’lumotlar bilan Farg‘ona shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 312-uyda joylashgan “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankida tanishishingiz mumkin.
Bankning elektron pochta manzili: info@madadinvestbank.uz.
Ma’lumot uchun telefonlar: +998-73-241-70-31, +998-73-241-70-39.
Bank Kuzatuv kengashi