- Bosh sahifa
- Barcha yangiliklar
- Saylov qonunchiligi targʼiboti oyligini tashkil etish va oʼtkazish
Saylov qonunchiligi targʼiboti oyligini tashkil etish va oʼtkazish

Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 11 - oktyabrdagi “Saylov qonunchiligi targʼiboti oyligini tashkil etish va oʼtkazish toʼgʼrisida”gi Qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, “Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat bankida “Oʼzbekiston Respublikasi Saylov kodeksini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi Qonunning mohiyati va ahamiyati, davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarni oʼtkazishda saylovchilarning huquqiy bilimini yanada yuksaltirish va saylov madaniyatini oshirish aholining, xususan, bank xodimlarining saylovlarda faol ishtirok etishiga va mamlakat taqdiri uchun daxldorlik tuygʼusini kuchaytirishga qaratilgan davra suhbatlari oʼtkazildi.
Xususan, joriy yilning 7 noyabr kuni bankning Bosh ofisi binosida Boshqaruv raisi oʼrinbosarlari, Departament direktorlari, Boshqarma va Boʼlim boshliqlari hamda barcha xodimlar ishtirokida “Oʼzbekiston Respublikasi Saylov kodeksini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan “Yangi Oʼzbekiston, yangi saylovlar!” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi. Oʼtkazilgan davra suhbatida yangi tahrirdagi Saylov kodeksi toʼgʼrisida, unga kiritilgan qoʼshimcha va oʼzgartirishlar boʼyicha tayyorlangan slaydlar va targʼibot materiallaridan foydalangan xolda atroflicha tushuntirishlar berib oʼtildi.
Jumladan, saylovlar davomida ovoz berish jarayonlari, kuzatuvchilarning, siyosiy partiyalar vakolatli vakillarining, ommaviy axborot vositalari vakillarining huquq va majburiyatlari, saylov okruglari va uchastkalarini tuzish, saylov komissiyalari faoliyatini tashkil etish tartiblari toʼgʼrisida maʼlumotlar berildi.
Oʼtkazilgan davra suhbati bank xodimlarining siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirishga, milliy saylov qonunchiligi boʼyicha bilimlarini yanada mustahkamlanishiga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan isloxotlarga daxldorlik xissini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.