- Bosh sahifa
- Barcha yangiliklar
- Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga bag`ishlangan davra suhbati o'tkazildi
Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga bag`ishlangan davra suhbati o'tkazildi

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki tizimida mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlanishiga hissa qo`shish va aholining iqtisodiy farovonligini ta’minlash bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda bank xodimlarini bilim va ko`nikmalarini har tomonlama oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, qabul qilinayotgan qonunlar, qarorlar va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan o`z vaqtida tanishtirib borish maqsadida davra suhbatlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o`tkazib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning 13 fevral kuni “Madad Invest Bank” ATBning Bosh ofisida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga bag`ishlangan davra suhbati o`tkazildi.
Ushbu davra suhbatida bankning Departament direktorlari, Boshqarma va Bo`lim boshliqlari hamda Amaliyot boshqarmasining barcha xodimlari ishtirok etdi.
Davra suhbatida Prezidentimizning ushbu murojaatida o`tgan yillar davomida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar hamda 2020 yil va kelgusi 5 yilda mamlakatimizni rivojlantirish bo`yicha belgilab berilgan ustuvor yo`nalish va vazifalari to`g`risida to`xtalib o`tildi.
Xususan, 2019 yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da erishilgan natijalar ya’ni energetika, neft-gaz, geologiya, transport, yo`l qurilishi, qishloq va suv xo`jaligi, ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti, iqtisodiyot, ta’lim, fan, madaniyat, sog`liqni saqlash va boshqa yo`nalishdagi erishilgan yutuqlar bo`yicha ma’ruzada keltirilgan fikrlar to`g`risida alohida to`xtalib o`tildi.
Bundan tashqari, ushbu murojaatnomada bank tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo`lgan muhim choralar bo`yicha belgilab berilgan ustivor vazifalar to`g`risida yig`ilganlarga ma’lumot berildi.
Davra suhbati so`ngida “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan asosiy tamoyilni amalda to`liq ta’minlash bo`yicha barcha xodimlar birdek jonbozlik ko`rsatishi kerakligi ta’kidlab o`tildi.
O`tkazilayotgan davra suhbatlari bank xodimlarining amalga oshirilayotgan islohotlar va mamlakat taqdiri uchun daxldorlik xissini mustahkamlashga, ularni ma’naviy va ma’rifiy ongini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Matbuot xizmati.