- Bosh sahifa
- Barcha yangiliklar
- Uzcard plastik kartochkalari orqali valyuta olish imkoniyati paydo boʼladi
Uzcard plastik kartochkalari orqali valyuta olish imkoniyati paydo boʼladi

Соглашение о выдаче координационных карточек было подписано между Процессинговым центром США и UnionPay International. Как сообщает пресс-служба центра, в ходе визита представителей Центра в Китайскую Республику.
«Uzcard va UnionPay International kelishuvning asosiy maqsadlaridan biri kobeydjing kartalar ishlab chiqarilishiga aʼzo boʼlgan bankni aniqlash boʼlib, unga koʼra, Aloqabank tomonidan UnionPay International xalqaro toʼlov tizimini qoʼllab-quvvatlovchi ilk kobeydjing kartalari chiqarilishi belgilab oʼtildi», — deyiladi axborotda.
Bundan avval, Oʼzbekiston hududida 1 iyuldan boshlab kobeydjing kartalari ishlab chiqarilishini eʼlon qilgandi.
Ikki kompaniya oʼrtasida imzolangan kelishuvga binoan endilikda ikki toʼlov tizimlariga xizmat koʼrsatuvchi kobeydjing kartalari UzCard yagona toʼlov tizimida mamlakatimiz hududida ham xizmat koʼrsatadi, ham uning tashqarisida UnionPay International toʼlov tizimi doirasida toʼlovlarni qabul qilishi nazarda tutilgan.
Maʼlum qilinishicha, markaz mutaxassislari tomonidan barcha POS-terminallarning dasturiy taʼminotini qayta oʼrnatish yuzasidan ishlar olib borilmoqda. Demak, yaqin kunlarda barcha POS-terminallar UnionPay International xalqaro kartalarini ham qabul qilishni boshlaydi.
«Bugungi kunga kelib, UzCard plastik kartasini qabul qiluvchi barcha bankomatlar sertifikatsiyadan oʼtib, UnionPay kartalariga xizmat koʼrsatishga tayyorlanmoqda», — deydi markaz vakili.
Bundan tashqari, markaz bosh direktori Аhror Mahmudovning taʼkidlashicha, shu bilan tez orada konvertatsiyaga ehtiyoj qolmaydi. Chunki, Uzcard kartochkalari orqali bemalol valyuta yechib olish imkoniyati paydo boʼladi.