Yuksak taraqqiyot sari
Ishonch tefon raqami :     0 (373) 241-70-32
Tungi rejim
Maxsus imkoniyatlar
A++ A+ A
“Madad Invest Bank” ATB axboroti

Koronavirus infektsiyasining tarqalishi oqibatida vujudga kelishi mumkin bo`lgan

kredit risklari ta’sirini yumshatish choralari yuzasidan

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki topshirig`iga asosan  koronavirus infektsiyasi tarqalishi sababli tadbirkorlik sub’yektlarida kreditlarni qaytarish bilan bog`liq salbiy oqibatlarni yumshatish maqsadida barcha tijorat banklariga:
-    koronavirus infektsiyasining tarqalishi oqibatida pul oqimlarining kamayishi yuz bergan va loyihalarni ishga tushirish muddatlari kechikayotgan korxonalar, shu jumladan, turizm va xalqaro yuk tashish sohalari, asosiy kontragentlari koronavirus infektsiyasi eng ko`p tarqalgan davlatlarda joylashgan korxonalar hamda O`zbekistonda koronavirus profilaktikasi chora-tadbirlarining amalga oshirilishi bevosita faoliyatiga salbiy ta’sir ko`rsatadigan korxonalarga ajratilgan kreditlarni qaytarish imkoniyatlarini to`liq va puxta o`rganish;
-    o`rganish natijalaridan kelib chiqqan holda, mijozlarning real pul oqimlari va imkoniyatlari hamda loyihalarni ishga tushirishning kutilayotgan muddatlaridan kelib chiqib, kreditning asosiy qarzini qaytarish bo`yicha 2020 yil 1 oktyabriga qadar imtiyozli davr berish hamda yakuniy to`lovlar muddatlarini berilgan imtiyozli davrga mos ravishda uzaytirish yuzasidan kredit shartnoma shartlariga o`zgartirish kiritish masalasini ko`rib chiqish tavsiya etildi.
    Bunda tijorat banklariga yuqoridagi tavsiyalarga asosan shartlari qayta ko`rib chiqilgan kreditlar sifatining tasnifini o`zgartirmaslik huquqi berildi.
    Shu munosabat bilan “Madad Invest Bank” ATBning koronavirus infektsiyasining tarqalishi oqibatida pul oqimlarining kamayishi yuz berishi kutilayotgan va loyihalarni ishga tushirish muddatlari kechikayotgan mijozlari, shu jumladan, turizm va xalqaro yuk tashish sohalari, asosiy kontragentlari koronavirus infektsiyasi eng ko`p tarqalgan davlatlarda joylashgan korxonalar hamda O`zbekistonda koronavirus profilaktikasi chora-tadbirlarining amalga oshirilishi bevosita faoliyatiga salbiy ta’sir ko`rsatadigan korxonalar ushbu masala yuzasidan Amaliyot boshqarmasiga yoki (73) 241-70-40, (73) 241-70-33, (73) 241-70-51 telefon raqamlariga murojaat qilishlari so`raladi.

“Madad Invest Bank” ATB Boshqaruvi.

Masofaviy bank xizmatlari yanada yaqinroq

"MADAD INVEST BANK” ATB o'z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida, bankning mobil versiyalar uchun mo'ljallangan ilovasini ishlab chiqdi. Ushbu dastur orqali foydalanuvchi bank xizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalanishi mumkin. Dasturning tashqi interfeysi sodda va tushunarli qilib yaratilgan. Ilovaning dizayni bank dizayniga hamohang tarzda ishlangan.

Обратная связь
Sizning so'rovingiz yuborildi.
Обратная связь