Yuksak taraqqiyot sari
Ishonch tefon raqami :     0 (373) 241-70-32
Tungi rejim
Maxsus imkoniyatlar
A++ A+ A
“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari diqqatiga!

“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari diqqatiga!

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida

“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv Kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini 2021 yil 17 noyabr kuni, soat 11:00 da, Farg‘ona shahri, S.Temur ko‘chasi, 71-uyda joylashgan “STROY MONTAJ INVEST” MChJ ma’muriy binosining majlislar zalida o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

 

Yig‘ilish kun tartibi:

 

1. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruvining 9 oylik hisobotini eshitish va tasdiqlash.

3.“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash va/yoki qayta saylash.

4.“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruvi raisi bilan mehnat shartnoma tuzish.

Madad Invest Bank” ATB Kuzatuv Kengashining 2021 yil 26 oktyabr kungi majlisi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun bank aksiyadorlari reestrini 2021 yil 26 oktyabr kuni holatiga va aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestrini 2021 yil 11 noyabr kuni holatiga tuziladi.

Bank aksiyadorlarini va yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2021 yil 17 noyabr kuni soat 10:00 dan 10:50 gacha davom etadi.

Aksiyadorlar o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘yicha ma’lumotlar bilan Farg‘ona shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 312-uyda joylashgan “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankida tanishishingiz mumkin.

Bankning elektron pochta manzili: info@madadinvestbank.uz.

            Ma’lumot uchun telefonlar:  998-73-241-70-32,  998-73-241-70-44.

 

Bank kuzatuv kengashi

Masofaviy bank xizmatlari yanada yaqinroq

"MADAD INVEST BANK” ATB o'z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida, bankning mobil versiyalar uchun mo'ljallangan ilovasini ishlab chiqdi. Ushbu dastur orqali foydalanuvchi bank xizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalanishi mumkin. Dasturning tashqi interfeysi sodda va tushunarli qilib yaratilgan. Ilovaning dizayni bank dizayniga hamohang tarzda ishlangan.

Обратная связь
Sizning so'rovingiz yuborildi.
Обратная связь