Madad Invest Bank Yuksak taraqqiyot sari
Ishonch tefon raqami :     0 (373) 241-70-32
Tungi rejim
Maxsus imkoniyatlar
A++ A+ A
“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari diqqatiga!

 

Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida

 

“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Bank Kengashi aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishini 2020 yil 29 sentyabr kuni, soat 11:00 da, Farg‘ona shahri, S.Temur ko‘chasi, 71-uyda joylashgan “STROY MONTAJ INVEST” MCHJ ma’muriy binosining majlislar zalida o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

 

Yig‘ilish kun tartibi:

1.    “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2.    “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

3.    “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatining 2019 yil yakunlari bo‘yicha Bank Kengashi hisobotini tasdiqlash.

4.    “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatining 2019 yil yakunlari bo‘yicha Bank Boshqaruvi hisobotini tasdiqlash.

5.    “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining rivojlantirish strategiyasiga erishish uchun ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida Bank Boshqaruvi hisobotini tasdiqlash.

6.  “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining 2019 yil yakunlari bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyati yuzasidan Taftish komissiyasi hisobotini tasdiqlash.

7.   “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining 2019 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini, buxgalteriya balansini hamda foyda va zararlari to‘g‘risidagi hisobotini hamda auditorlik tashkiloti xulosasini tasdiqlash.

8.    “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki foydasini taqsimlash.

9.    “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki joriy xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bitimlarni aniqlash.

10.  “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining Bank Kengashi a’zolarini saylash.

11.  “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Bank Taftish komissiyasi a’zolarini saylash.

12.  “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Bank Boshqaruv raisi bilan mehnat shartnoma tuzish.

13.   “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

 

Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Bank Kengashining 2020 yil 2 sentyabr kungi majlisi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2020 yil 2 sentyabr kuni holatiga hamda umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar ro‘yxati 2020 yil 23 sentyabr kuni holatiga tuziladi.

Bank aksiyadorlarini va yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2020 yil 29 sentyabr kuni soat 10:00 dan 10:50 gacha davom etadi.

Aksiyadorlar o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘yicha ma’lumotlar bilan Farg‘ona shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 312-uyda joylashgan “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankida tanishishingiz mumkin.

Bankning elektron pochta manzili: info@madadinvestbank.uz.

Ma’lumot uchun telefonlar: +998-73-241-70-32, +998-73-241-70-44.

Bank kuzatuv kengashi

 

Masofaviy bank xizmatlari yanada yaqinroq

"MADAD INVEST BANK” ATB o'z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida, bankning mobil versiyalar uchun mo'ljallangan mobil ilovasini ishlab chiqdi. Ushbu dastur orqali foydalanuvchi bank xizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalanishi mumkin. Dasturning tashqi interfeysi sodda va tushunarli qilib yaratilgan. Ilovaning dizayni bank dizayniga hamohang tarzda ishlangan.

Обратная связь
Sizning so'rovingiz yuborildi.
Обратная связь