Yuksak taraqqiyot sari
Ishonch tefon raqami :     0 (373) 241-70-32
Tungi rejim
Maxsus imkoniyatlar
A++ A+ A
“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari diqqatiga!

“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari diqqatiga! 

Аksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʼilishini chaqirish toʼgʼrisida.

“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Bank Kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishini 2021 yil 25 iyun kuni, soat 11:00 da, Fargʼona shahri, S.Temur koʼchasi, 71-uyda joylashgan “STROY MONTAJ INVEST” MChJ maʼmuriy binosining majlislar zalida oʼtkazilishini maʼlum qiladi.

 

Yigʼilish kun tartibi:

1. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki aktsiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʼilishi reglamentini tasdiqlash.

3. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining moliya-xoʼjalik faoliyati yuzasidan 2020 yil yakunlari boʼyicha Taftish komissiyasi hisobotini tasdiqlash.

4. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining 2020 yil yakunlari boʼyicha yillik hisobotini, buxgalteriya balansini, foyda va zararlar toʼgʼrisidagi hisobotini hamda auditorlik tashkiloti xulosasini tasdiqlash.

5. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki foydasini taqsimlash.

6. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining Ustaviga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish loyxasini tasdiqlash.

7. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruvi raisi bilan mehnat shartnomasi tuzish.

8. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

“Madad Invest Bank” АTB Kuzatuv Kengashining 2021 yil 04 iyun kungi majlisi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʼilishi oʼtkazilishi haqida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun bank aksiyadorlari reestrini 2021 yil 04 iyun kuni holatiga va aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yigʼilishini oʼtkazish uchun yigʼilishida ishtirok etish huquqiga ega boʼlgan aksiyadorlar reestrini 2021 yil 22 iyun kuni holatiga tuziladi.

Bank aksiyadorlarini va yigʼilish qatnashchilarini roʼyxatga olish 2021 yil 25 iyun kuni soat 10:00 dan 10:50 gacha davom etadi.

Аksiyadorlar oʼzlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan oʼrnatilgan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari soʼraladi.

Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi boʼyicha maʼlumotlar bilan Fargʼona shahri, Mustaqillik koʼchasi, 312-uyda joylashgan “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankida tanishishingiz mumkin.

Bankning elektron pochta manzili: info@madadinvestbank.uz.

Maʼlumot uchun telefonlar: +998-73-241-70-32, +998-73-241-70-44.

Bank kuzatuv kengashi

Masofaviy bank xizmatlari yanada yaqinroq

"MADAD INVEST BANK” ATB o'z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida, bankning mobil versiyalar uchun mo'ljallangan ilovasini ishlab chiqdi. Ushbu dastur orqali foydalanuvchi bank xizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalanishi mumkin. Dasturning tashqi interfeysi sodda va tushunarli qilib yaratilgan. Ilovaning dizayni bank dizayniga hamohang tarzda ishlangan.

Обратная связь
Sizning so'rovingiz yuborildi.
Обратная связь