Yuksak taraqqiyot sari
Ishonch tefon raqami :     0 (373) 241-70-32
Tungi rejim
Maxsus imkoniyatlar
A++ A+ A
“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari diqqatiga!

Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishini chaqirish toʼgʼrisida

“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Bank Kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishini 2020 yil 30 dekabr kuni, soat 11:00 da, Fargʼona shahri, S.Temur koʼchasi, 71-uyda joylashgan “STROY MONTAJ INVEST” MChJ maʼmuriy binosining majlislar zalida oʼtkazilishini maʼlum qiladi.

Yigʼilish kun tartibi:

1. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi reglamentini tasdiqlash.

3. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv kengashining ayrim aʼzolari vakolatini muddatidan ilgari tugatish.

4. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining vakolati muddatidan ilgari tugatilgan Kuzatuv kengashi aʼzolarining oʼrniga yangi Kuzatuv kengashi aʼzolarini saylash.

5. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruvi raisi bilan mehnat shartnoma tuzish.

“Madad Invest Bank” АTB Kuzatuv Kengashining 2020 yil 7 dekabr kungi majlisi qaroriga asosan aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi oʼtkazilishi haqida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun bank aksiyadorlari reestrini 2020 yil 7 dekabr kuni holatiga va aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishini oʼtkazish uchun yigʼilishida ishtirok etish huquqiga ega boʼlgan aktsiyadorlar reestrini 2020 yil 24 dekabr kuni holatiga tuziladi.

Bank aksiyadorlarini va yigʼilish qatnashchilarini roʼyxatga olish 2020 yil 30 dekabr kuni soat 10:00 dan 10:50 gacha davom etadi.

Аksiyadorlar oʼzlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan oʼrnatilgan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari soʼraladi.

Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi boʼyicha maʼlumotlar bilan Fargʼona shahri, Mustaqillik koʼchasi, 312-uyda joylashgan “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankida tanishishingiz mumkin. 

Bankning elektron pochta manzili: info@madadinvestbank.uz. 

Maʼlumot uchun telefonlar: +998-73-241-70-32, +998-73-241-70-44.

 

Bank kuzatuv kengashi

Masofaviy bank xizmatlari yanada yaqinroq

"MADAD INVEST BANK” ATB o'z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida, bankning mobil versiyalar uchun mo'ljallangan ilovasini ishlab chiqdi. Ushbu dastur orqali foydalanuvchi bank xizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalanishi mumkin. Dasturning tashqi interfeysi sodda va tushunarli qilib yaratilgan. Ilovaning dizayni bank dizayniga hamohang tarzda ishlangan.

Обратная связь
Sizning so'rovingiz yuborildi.
Обратная связь