Yuksak taraqqiyot sari
Ishonch tefon raqami :    
Tungi rejim
Maxsus imkoniyatlar
A++ A+ A
“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari diqqatiga!

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig`ilishini chaqirish to`g`risida

“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Bank Kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig`ilishini 2020 yil 10 mart kuni, soat 11:00 da, Farg`ona shahri, S.Temur ko`chasi, 71-uyda joylashgan “STROY MONTAJ INVEST” MChJ ma’muriy binosining majlislar zalida o`tkazilishini ma’lum qiladi.

 

Yig`ilish kun tartibi:

1. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig`ilishi reglamentini tasdiqlash.

3. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash.

4. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining yangi tahrirdagi “Aksiyadorlarning umumiy yig`ilishi to`g`risida”gi, “Kuzatuv kengashi to`g`risida”gi, “Boshqaruvi to`g`risida”gi va “Taftish komissiyasi to`g`risida”gi Nizomlarini tasdiqlash.

5. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining “Kuzatuv kengashi a’zolariga haq to`lash va harajatlarining o`rnini qoplash tartibi to`g`risidagi”gi Nizomini tasdiqlash. 

6. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining Kuzatuv kengashi ayrim a’zolarining vakolatini muddatidan ilgari tugatish.

7. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining vakolati muddatidan ilgari tugatilgan ayrim Kuzatuv kengashi a’zolarining o`rniga yangi Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.

8. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining 2019 yildagi faoliyati yuzasidan majburiy auditorlik tekshiruvi o`tkazish, auditorlik tashkiloti va uning xizmatiga to`lanadigan eng ko`p haq miqdorini belgilash, shuningdek auditorlik tashkiloti bilan shartnoma tuzish to`g`risida qaror qabul qilish.

9. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Bank kuzatuv kengashining 2020 yil 12 fevraldagi majlisi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig`ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo`lgan aksiyadorlar ro`yxati 2020 yil 12 fevral kuni holatiga hamda umumiy yig`ilish o`tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar ro`yxati 2020 yil 4 mart kuni holatiga tuziladi.

Bank aksiyadorlarini va yig`ilish qatnashchilarini ro`yxatga olish 2020 yil 10 mart kuni soat 10:00 dan 10:50 gacha davom etadi.

Aksiyadorlar o`zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o`rnatilgan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so`raladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig`ilishi bo`yicha ma’lumotlar bilan Farg`ona shahri, Mustaqillik ko`chasi, 312-uyda joylashgan “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankida tanishishingiz mumkin.

Bankning elektron pochta manzili: info@madadinvestbank.uz.

Ma’lumot uchun telefonlar: +998-73-241-70-32, +998-73-241-70-44.

 

Bank Kengashi

 

Masofaviy bank xizmatlari yanada yaqinroq

"MADAD INVEST BANK” ATB o'z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida, bankning mobil versiyalar uchun mo'ljallangan ilovasini ishlab chiqdi. Ushbu dastur orqali foydalanuvchi bank xizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalanishi mumkin. Dasturning tashqi interfeysi sodda va tushunarli qilib yaratilgan. Ilovaning dizayni bank dizayniga hamohang tarzda ishlangan.

Обратная связь
Sizning so'rovingiz yuborildi.
Обратная связь