Yuksak taraqqiyot sari
Ishonch tefon raqami :    
Tungi rejim
Maxsus imkoniyatlar
A++ A+ A
Hurmatli tadbirkorlar!!! E'lon

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning             2019 yil 2 avgust kungi selektor yig’ilishidagi topshiriqlari ijrosi bo’yicha tadbirkorlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning faoliyatlariga to’sqinlik qilayotgan muammolarni hal etish, takliflarini ko’rib chiqish va yangi bank xizmatlarini joriy qilish maqsadida “Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki Boshqaruv raisi rahbarligida sayyor qabul o’tkaziladi.

Ushbu sayyor qabullar “Madad Invest Bank” АTB Аmaliyot boshqarmasiga qarashli mini banklarda 29 avgust kuni So’x tumani “So’x” mini  banki binosida, 04 sentyabr kuni Quvasoy shahridagi “Quvasoy” mini banki binosida, 05 sentyabr kuni Farg’ona shahridagi bankning Bosh ofisida, 06 sentyabr kuni Buvayda tumani “Yuksalish” mini bankida, 9 sentyabr kuni Beshariq tumani “Beshariq” mini bankida soat 10:00 dan 16:00 ga qadar bo’lib o’tadi.

Murojaat uchun telefon: 73. 241-70-31  90. 633-14-19

Masofaviy bank xizmatlari yanada yaqinroq

"MADAD INVEST BANK” ATB o'z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida, bankning mobil versiyalar uchun mo'ljallangan ilovasini ishlab chiqdi. Ushbu dastur orqali foydalanuvchi bank xizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalanishi mumkin. Dasturning tashqi interfeysi sodda va tushunarli qilib yaratilgan. Ilovaning dizayni bank dizayniga hamohang tarzda ishlangan.

Обратная связь
Sizning so'rovingiz yuborildi.
Обратная связь