Madad Invest Bank Yuksak taraqqiyot sari
Chorvachilik tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha Prezident qarori qabul qilindi

Markur qarorga binoan : 

- Osiyo taraqqiyot bankining chorvachilikni rivojlantirish uchun 150,0 million AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag`lari yo`naltiriladi;

- Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasi hisobidan chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va quyonchilik bo`yicha, shu jumladan, chorva komplekslarini qurish, yirik va mayda shoxli nasldor chorva mollarini xarid qilish, chorva mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash bo`yicha loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan 20 milliard so`mgacha miqdordagi kreditlar bo`yicha foiz stavkasining O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 8 foiz punktidan ko`p bo`lmagan qismiga kompensatsiya (izoh: agar kredit 24 foizdan olinsa, 16 foizini mijoz to`laydi, qolgan 8 foizini jamg`arma to`lab beradi) yoki kredit summasining 50 foizi miqdorida kafillik taqdim etiladi;

- Jamg`arma tomonidan kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlariga ekvivalenti 20 milliard so`mdan oshmaydigan xorijiy valyutadagi kreditlar uchun tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizigacha, lekin 4 foiz punktidan ko`p bo`lmagan miqdorda tijorat banklarining kreditlari bo`yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etiladi.

Manba : Bank va Mijoz kanali

Masofaviy bank xizmatlari yanada yaqinroq

"MADAD INVEST BANK” ATB o'z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida, bankning mobil versiyalar uchun mo'ljallangan mobil ilovasini ishlab chiqdi. Ushbu dastur orqali foydalanuvchi bank xizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalanishi mumkin. Dasturning tashqi interfeysi sodda va tushunarli qilib yaratilgan. Ilovaning dizayni bank dizayniga hamohang tarzda ishlangan.

Обратная связь
Sizning so'rovingiz yuborildi.
Обратная связь