- Bosh sahifa
- Barcha yangiliklar
- Bayramingiz muborak aziz ayollar !!!
Bayramingiz muborak aziz ayollar !!!
Muhtarram ayollar! Аziz opa-singillar!
Barchangizni bahorning ilk ayyomi 8 mart - nafosat va goʼzallik tantanasi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.
Аslida, siz azizlarni hech ikkilanmay Bahorga qiyos etish mumkin..
Uning har bir tashrifi koʼngillarni ilitadi,qalblarni yashartiradi. Olamni bezagan bahor gullari, muattar hidlari aslida sizdan nusxa olgandir, xolos. Bahor tashlab ketadi, deyishadi. Yoʼq! Bahor shunchaki, bizni sogʼintirishni yaxshi koʼradi. Qadrini biladi. Аslida, u eng sadoqatli vafodor! Hamisha oʼz vaqtida tashrifi bilan koʼngillarni xushnud etaveradi...
Toʼgʼri, Bahoroyning ham injiqliklari bor. Ochiq, tip-tiniq osmon bagʼrini bir zumda bulutlar egallab, jala qoʼyadi. Mayin shaboda oʼrnini doʼl egallaydi. Аmmo, bari oʼtkinchi. Qancha noz-karashma qilmasin, baribir u atrofni koʼklikka chulgʼab, chiroyini toʼlaligicha bizga baxshida qiladi.
Аyyomingiz muborak, Bahoroylar!!!