- Bosh sahifa
- Barcha yangiliklar
- Bank Visa kartalari bilan xaridlar yanada oson
Bank Visa kartalari bilan xaridlar yanada oson
Sayohat qilish, do'konlarda xarid qilish yoki tushlikka to'xtashmi? Dunyo bo'ylab o'n millionlab punktlar Visa Classic kartasini qabul qiladi, shuning uchun undan deyarli har qanday vaziyatda foydalanish mumkin. Zudlik bilan naqd pul kerakmi? Visa ATM tarmog'i 1,9 million punktga ega (dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlari va mintaqalari). Shu bilan birga, har bir Visa karta egasi xavfsizlik va ishonchlilik bilan ta'minlangan.
Visa kartalari — butun dunyo boʼyicha tovarlar va koʼrsatilgan xizmatlar uchun toʼlovlarni amalga oshirishning eng qulay va ishonchli vositalaridan biridir. Xozirgi kunda VISA karta egalari o'z kartochkalaridan dunyoning 200 dan ortik davlatlarida foydalanishlari mumkin.
АTB «Madad Invest Bank» turli mavqega ega boʼlgan mijozlar ehtiyojlarini qondirish uchun turt xil turdagi debetli (VISA Classic, VISA Gold, VISA Platinum ) VISA kartalarni taklif etadi. Debetli VISA kartalar Oʼzbekistonda ommabop, ishonchli va keng tarqalgan kartalar hisoblanadi. VISA karta oʼz egalariga tovarlar xarid qilish, xizmatlar uchun toʼlovlarni amalga oshirish va Internetda tovar sotib olishni oson, tez va xavfsiz ravishda amalga oshirishga yordam beradi. Karta egalari u orqali bajarilgan operatsiyalarning amalga oshirilishini kuzatish, shuningdek oʼz xarajatlarini nazorat qilish imkoniyatiga egadirlar.