Madad Invest Bank Yuksak taraqqiyot sari
Ishonch tefon raqami :     0 (373) 241-70-32
Tungi rejim
Maxsus imkoniyatlar
A++ A+ A
Bank mijozlariga !!!

Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʼzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʼyiladigan minimal talablar toʼgʼrisidagi nizom"ning 37-bandi

 Bank kredit boʼyicha qarzdorlikni undirishni kredit shartnomasida va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va asoslarda amalga oshiradi.

Kredit boʼyicha qarzdorlikni undirish maqsadida bank qarzdorlikni soʼndirish zarurligi va kredit boʼyicha majburiyatlar bajarilmasligining oqibatlari haqida tegishli tarzda qarzdorni xabardor qiladi.


Qarzdorlik toʼgʼrisidagi xabarnoma asosiy qarz summasi, hisoblangan foizlar, vositachilik haqi, neustoyka, boshqa toʼlovlar (agar mavjud boʼlsa) koʼrsatilgan holda qarzdorlik miqdori toʼgʼrisida qarzdor uchun qisqacha axborotni oʼz ichiga olgan boʼlishi kerak.


Xabarnomani mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dan 8:00 gacha qoʼlga topshirish va u haqda telefon vositalari orqali ogʼzaki eslatmalar qilishga yoʼl qoʼyilmaydi.

Manba : "Bank va mijoz" telegram kanali

Masofaviy bank xizmatlari yanada yaqinroq

"MADAD INVEST BANK” ATB o'z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida, bankning mobil versiyalar uchun mo'ljallangan mobil ilovasini ishlab chiqdi. Ushbu dastur orqali foydalanuvchi bank xizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalanishi mumkin. Dasturning tashqi interfeysi sodda va tushunarli qilib yaratilgan. Ilovaning dizayni bank dizayniga hamohang tarzda ishlangan.

Обратная связь
Sizning so'rovingiz yuborildi.
Обратная связь