Madad Invest Bank Yuksak taraqqiyot sari
“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari diqqatiga!

 

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida

“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini 2020 yil 26 may kuni, soat 16:00 da, Farg‘ona shahri, Mustaqillik k-si, 312 uyda joylashgan "Madad Invest Bank" ATB maʼmuriy binosining majlislar zalida o‘tkazilishini maʼlum qiladi.

Yig‘ilish kun tartibi:

1.    “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

2.    “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv raisini egallab turgan lavozimidan ozod etilishi.

3.    “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Bank Kuzatuv kengashining ayrim aʼzolari vakolatini muddatidan ilgari tugatish.

4.    “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining vakolati muddatidan ilgari tugatilgan Bank kuzatuv kengashi aʼzosi o‘rniga yangi Bank kuzatuv kengashi aʼzosini saylash.

5.    “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilishini tasdiqlash.

“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki bank Kuzatuv kengashining 2020 yil 4 apreldagi majlisi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2020 yil 4 may kuni holatiga hamda umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar ro‘yxati 2020 yil 20 may kuni holatiga tuziladi.

Bank aksiyadorlarini va yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2020 yil 26 may kuni soat 16:00 dan 16:50 gacha davom etadi.

Aksiyadorlar o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘yicha maʼlumotlar bilan Farg‘ona shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 312-uyda joylashgan “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankida tanishishingiz mumkin.

Bankning elektron pochta manzili: info@madadinvestbank.uz.

Maʼlumot uchun telefonlar: +998-73-241-70-32, +998-73-241-70-44.

Bank Kuzatuv kengashi

Masofaviy bank xizmatlari yanada yaqinroq

"MADAD INVEST BANK” ATB o'z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida, bankning mobil versiyalar uchun mo'ljallangan mobil ilovasini ishlab chiqdi. Ushbu dastur orqali foydalanuvchi bank xizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalanishi mumkin. Dasturning tashqi interfeysi sodda va tushunarli qilib yaratilgan. Ilovaning dizayni bank dizayniga hamohang tarzda ishlangan.

Обратная связь
Sizning so'rovingiz yuborildi.
Обратная связь