- Bosh sahifa
- Barcha yangiliklar
- Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish yuzasidan ochiq muloqot darslari tashkil etildi.
Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish yuzasidan ochiq muloqot darslari tashkil etildi.
“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 07 sentabr 2021 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 43-bandi, shuningdek davlat rahbari ishtirokida 2019 yil 23 avgust kuni bo‘lib o‘tgan “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi kengaytirilgan 34-sonli yig‘ilish bayoni 10-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarligida 2019 yil 28 avgust kuni o‘tkazilgan 15-sonli majlis bayoni 3-bandi hamda Markaziy bank raisi tomonidan joriy yil 19-iyulda tasdiqlangan “Aholining bo‘sh turgan mablag‘larini bank depozitlariga jalb qilish bo‘yicha aholining moliyaviy savodxonligini oshirish yuzasidan Ish rejasi”ga asosan Farg‘ona tumanining 37,39, 40-sonli maktablarda seminar darslar o‘tkazildi. “Tijorat banklarining iqtisodiyotdagi o‘rni”, “Bank xizmatlari iste’molchilari huquqlari”, ”Omonat va ularning turlari”, “Bank kreditlari turlari va ularni so‘ndirish usullari”, “Raqamli va moliyaviy xizmatlar”, “Har bir oila tadbirkor” mavzulari bo‘yicha yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida ochiq darslari o‘tkazildi. Seminarda yuqori sinf o‘quvchilari qatnashidi, ular tomonidan berilgan savollarga bank xodimlari tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi.