- Bosh sahifa
- Barcha yangiliklar
- 24/7 rejimida ishlovchi bank shaxobchalari tizimi joriy etildi.
24/7 rejimida ishlovchi bank shaxobchalari tizimi joriy etildi.
“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki yurtimiz aholisiga bank xizmatlari bilan qo‘llab-quvvatlash orqali faoliyatini yanada rivojlantirmoqda. Natijada bank xizmatlari aholi orasida ommalashmoqda.
Kuni kecha aholiga qulaylik yaratish va zamonaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida tashkil qilinayotgan 24/7 rejimida ishlaydigan shoxobchalar Farg’ona shahrining Sohibqiron Temur (“Roksana” ofisi oldida), Burhoniddin Marginoniy ( “Festivel” ko’ngilochar majmuasi oldida) ko’chalarida foydalanishga topshirildi.
Zamonaviy bank texnologiyalari bilan to‘liq jihozlangan shoxobchalar orqali fuqarolar kunning istalgan vaqtida bank xizmatlaridan foydalanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Bankomatlar orqali fuqarolar plastik kartalaridagi so‘m mablag‘larni naqdlashtirish imkoniyati mavjud.