Yuksak taraqqiyot sari
Ishonch tefon raqami :    
Tungi rejim
Maxsus imkoniyatlar
A++ A+ A
  • Bosh sahifa
  • Barcha yangiliklar
  • “Madad Invest Bank” акциядорлик тижорат банки акциядорлари диққатига!
“Madad Invest Bank” акциядорлик тижорат банки акциядорлари диққатига!

“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki

aksiyadorlari diqqatiga!

                                                                      

2025 yil 10 iyun kuni, soat 11:00 da, Farg‘ona shahri, S.Temur ko‘chasi, 71-uyda joylashgan  binoning majlislar zalida “Madad Invest Bank” aksiyadorlik (keyingi o‘rinlarda Bank) tijorat banki aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

 

YIG’ILISH KUN TARTIBI:

 

1.      “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2.      Bank aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

3.      “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatining 2024 yil yakunlari bo‘yicha Boshqaruv hisobotini tasdiqlash.

4.       “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatining 2024 yil yakunlari bo‘yicha bank Kuzatuv kengashi hisobotini tasdiqlash.

5.      “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining 2024 yil yakunlari bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyati yuzasidan Taftish komissiyasi hisoboti (xulosasi) ni tasdiqlash.

6.       “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining 2024 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini,  jumladan buxgalteriya balansini, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotini hamda auditorlik tashkiloti xulosasini tasdiqlash.

7.       “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining 2024 yil faoliyati yakuni bo‘yicha sof foydasini taqsimlash.

8.      Kuzatuv kengashi ayrim a’zolarining vakolatini muddatidan ilgari tugatish.

9.      Bank Kuzatuv kengashiga yangi a’zolarni saylash.

10.  Bank Kuzatuv kengashi a’zolariga to‘lanadigan haq miqdorini belgilash.

11.  “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining Taftish komissiyasi a’zolarini saylash va/yoki qayta saylash.

12.  “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv raisini tayinlash.

13.  Affillangan shaxslar bilan bitimlar va yirik bitimlar tuzish to'g'risida.

14.  Bankning “umidsiz” aktivlarini undirish bo‘yicha 2024-yil uchun ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida.

15.  Bank tarkibida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi lizing kompaniyasi ochish va Bankga tegishli bo‘lgan noturar joyni mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi lizing kompaniyasiga ustav fondini shakllantirish maqsadida berish.

16.  Bank Kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni tasdiqlash

17.  Bankning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

 

 “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv kengashining 2025 yil 15 maydagi 29/25-sonli majlisi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun bank aksiyadorlar ro‘yxati 2025 yil 16 may kuni holatiga tuziladi va aksiyadorlarlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar  ro‘yxati 2025 yil 3 iyun kuni holatiga tuziladi.

Bank aksiyadorlarini va yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2025 yil 10 iyun kuni soat 10:00 dan 10:50 gacha davom etadi.

Aksiyadorlar o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishi bo‘yicha ma’lumotlar bilan  Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram, 6-tor ko‘chasi, 9-uyda joylashgan “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankida tanishishingiz mumkin. Bankning elektron pochta manzili: info@madadinvestbank.uz.

Ma’lumot uchun telefonlar: +99855-520-44-44

Masofaviy bank xizmatlari yanada yaqinroq

"MADAD INVEST BANK” ATB o'z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida, bankning mobil versiyalar uchun mo'ljallangan ilovasini ishlab chiqdi. Ushbu dastur orqali foydalanuvchi bank xizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalanishi mumkin. Dasturning tashqi interfeysi sodda va tushunarli qilib yaratilgan. Ilovaning dizayni bank dizayniga hamohang tarzda ishlangan.

Обратная связь
Sizning so'rovingiz yuborildi.
Обратная связь