- Bosh sahifa
- Omonatlar
- Hamyonbob
Hamyonbob

Ushbu omonat aholi qoʼlidagi boʼsh pul mablagʼlarini bank muddatli depozitlariga jalb qilish orqali, ularni moddiy qoʼllab-quvvatlash maqsadida amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Omonatchi yoki uning qonuniy vakili tomonidan omonat muddati davomida omonatga qoʼshimcha badallar kiritib borilishi mumkin.
Ushbu omonat turiga jalb qilingan mablagʼlar omonatchi yoki uning qonuniy vakili tomonidan muddatidan oldin toʼliq yoki qisman talab qilib olinsa, omonat sharti buzilgan hisoblanib, omonatda saqlangan mablagʼlarga “Talab qilib olinguncha” omonati boʼyicha belgilangan tartib va foiz stavkasi asosida foiz daromadlari toʼlanadi. Omonatga jalb qilingan mablagʼlarni saqlash muddati tugagandan soʼng keyingi kundan boshlab xisob varoq yopilgan kungacha omonatdagi mablagʼ qoldigʼiga “Talab qilib olinguncha” depoziti boʼyicha belgilangan foiz stavkasi asosida foiz daromadlari toʼlanadi.
Omonat muddati tugagandan soʼng omonat va unga hisoblangan foizlar omonatchining ixtiyoriga koʼra qonunda belgilangan tartibda naqdsiz yoki naqd pul shaklida berilishi mumkin.
Omonat boʼyicha hisoblangan foizlar oʼrnatilgan tartibda kunlik hisoblanadi va omonat qoldigʼiga qoʼshilmagan holda hisobi alohida yuritiladi. Har oyda omonatchining hohishiga koʼra hisoblangan foizlar uning birinchi talabi boʼyicha berilishi yoki jamgʼarma omonat qoldigʼiga qoʼshib borilishi mumkin.
Omonat boʼyicha tuzilgan shartnoma muddati davomida Moliya bozoridagi resurslarga boʼlgan talab va takliflar hamda Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi oʼzgarganda ham omonatga belgilangan foizlar oʼzgarmas hisoblanadi.
“Madad Invest bank” АTB da omonatchilarning hisobvaraqlariga boshqa hisobvaraqlardan kelib tushgan mablagʼlarni kiritib qoʼyish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oxirgi yangilanish sanasi : 12.02.2021




