- Bosh sahifa
- Omonatlar
- Bahor 2020
Bahor 2020

Omonatchi yoki uning qonuniy vakili tomonidan omonat muddati davomida omonatga qo‘shimcha badallar kiritib borilishi mumkin.
Ushbu omonat turiga jalb qilingan mablag‘lar mijoz yoki uning qonuniy vakili tomonidan muddatidan oldin to‘liq yoki qisman talab qilib olinsa, omonat sharti buzilgan hisoblanib, omonatda saqlangan mablag‘larga “Talab qilib olinguncha” omonati bo‘yicha belgilangan tartib va foiz stavkasi asosida foiz daromadlari to‘lanadi. Omonatga jalb qilingan mablag‘larni saqlash muddati tugagandan so‘ng keyingi kundan boshlab, xisob varaq yopilgan kungacha omonatdagi mablag‘ qoldig‘iga “Talab qilib olinguncha” depoziti bo‘yicha belgilangan foiz stavkasi asosida foiz daromadlari to‘lanadi.
Omonat muddati tugagandan so‘ng omonat va unga hisoblangan foizlar omonatchining ixtiyoriga ko‘ra qonunda belgilangan tartibda naqd pulsiz ko‘rinishda chiqim qilinishi, naqd pulda shakllantirilgan omonatlar bo‘yicha omonatchining talabi bilan naqd pul shaklida berilishi mumkin.
Omonat bo‘yicha hisoblangan foizlar o‘rnatilgan tartibda kunlik hisoblanadi va omonat qoldig‘iga qo‘shilmagan holda hisobi alohida yuritiladi. Har oyda omonatchining xohishiga ko‘ra hisoblangan foizlar uning birinchi talabi bo‘yicha naqd pul ko‘rinishida berilishi yoki naqd pulsiz ko‘rinishida o‘tkazish yo‘li bilan jamg‘arma omonat qoldig‘iga qo‘shib borilishi mumkin.
Oxirgi yangilanish sanasi : 12.02.2021




