Yuksak taraqqiyot sari
Ishonch tefon raqami :     0 (373) 241-70-32
Tungi rejim
Maxsus imkoniyatlar
A++ A+ A
“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari diqqatiga!

 

“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki

aksiyadorlari diqqatiga!

 

Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida

 

“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishini 2022 yil 14 iyun kuni,  soat 11:00 da, Farg‘ona shahri, S.Temur ko‘chasi, 71-uyda joylashgan “STROY MONTAJ INVEST” MChJ ma’muriy binosining majlislar zalida o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

 

Yig‘ilish kun tartibi:

 

1.    “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2.    “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

3.    “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatining 2021 yil yakunlari bo‘yicha Kuzatuv kengashi hisobotini tasdiqlash.

4.    “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatining 2021 yil yakunlari bo‘yicha Boshqaruv hisobotini tasdiqlash.

5.    “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining 2021 yil yakunlari bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyati yuzasidan Taftish komissiyasi hisoboti(xulosasi)ni tasdiqlash.

6.    “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining 2021 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini,  jumladan buxgalteriya balansini, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotini hamda auditorlik tashkiloti xulosasini tasdiqlash.

7.    “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining 2021 yil faoliyati yakuni bo‘yicha sof foydasini taqsimlash.

8.   “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash va/yoki qayta saylash.

9.   “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining Taftish komissiyasi a’zolarini saylash va/yoki qayta saylash.

10.“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv raisi bilan tuzilgan shartnomani amal qilish muddatini uzaytirish.

11. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

 

“Madad Invest Bank” ATB Kuzatuv kengashining 2022 yil 24 may kungi majlisi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun bank aksiyadorlari reestrini 2022 yil 24 may kuni holatiga va aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestrini 2022 yil  8 iyun kuni holatiga tuziladi.

 

Bank aksiyadorlarini va yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2022 yil 14 iyun kuni soat 10:00 dan 10:50 gacha davom etadi.

Aksiyadorlar o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so‘raladi.

 

Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishi bo‘yicha ma’lumotlar bilan Farg‘ona shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 312-uyda joylashgan “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankida tanishishingiz mumkin.

 

Bankning elektron pochta manzili: info@madadinvestbank.uz.

 

Ma’lumot uchun telefonlar: +998-73-241-70-32, +998-73-241-70-44.

 

Bank kuzatuv kengashi

Masofaviy bank xizmatlari yanada yaqinroq

"MADAD INVEST BANK” ATB o'z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida, bankning mobil versiyalar uchun mo'ljallangan ilovasini ishlab chiqdi. Ushbu dastur orqali foydalanuvchi bank xizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalanishi mumkin. Dasturning tashqi interfeysi sodda va tushunarli qilib yaratilgan. Ilovaning dizayni bank dizayniga hamohang tarzda ishlangan.

Обратная связь
Sizning so'rovingiz yuborildi.
Обратная связь