Yuksak taraqqiyot sari
Ishonch tefon raqami :     0 (373) 241-70-32
Tungi rejim
Maxsus imkoniyatlar
A++ A+ A
  • Bosh sahifa
  • Barcha yangiliklar
  • “Мадад Инвест Банк” акциядорлик тижорат банки акциядорлари диққатига!
“Мадад Инвест Банк” акциядорлик тижорат банки акциядорлари диққатига!

                                                            

“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki

aksiyadorlari diqqatiga!

 

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida

 

“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning   navbatdan tashqari  umumiy yig‘ilishini 2024 yil 15 -fevral kuni, soat 11:00 da, Farg‘ona shahri, S.Temur ko‘chasi, 71-uyda joylashgan “STROY MONTAJ INVEST” MChJ ma’muriy binosining majlislar zalida o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

 

Yig‘ilish kun tartibi:

 

1. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarining navbatdan tashqari  umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining Kuzatuv kengashi ayrim a’zolarining vakolatini muddatidan ilgari tugatish.

3. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining vakolati muddatidan ilgari tugatilgan ayrim Kuzatuv kengashi a'zolarining o'rniga yangi Kuzatuv kengashi a'zolarini saylash.

4. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankining  joylashgan yerini (pochta manzilini) o‘zgartirish .

5. “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki   Ustaviga o‘zgartish  kiritish.

 

 

“Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv kengashining 2024-yil 23-yanvardagi majlisi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun uchun bank  aksiyadorlar ro‘yxati 2024-yil 23-yanvar kuni holatiga tuziladi va  aksiyadorlarlarning navbatdan tashqari umumiy  yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar  ro‘yxati 2024-yil 09-fevral kuni holatiga tuziladi.

Bank aksiyadorlarini va yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2024-yil 15-fevral kuni soat 10:00 dan 10:50 gacha davom etadi.

Aksiyadorlar o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari  umumiy yig‘ilishi bo‘yicha ma’lumotlar bilan Farg‘ona shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 312-uyda joylashgan “Madad Invest Bank” aksiyadorlik tijorat bankida tanishishingiz mumkin. Bankning elektron pochta manzili: info@madadinvestbank.uz.

Ma’lumot uchun telefonlar: +998-73-241-70-31, +998-73-241-70-39.

Bank Kuzatuv kengashi

Masofaviy bank xizmatlari yanada yaqinroq

"MADAD INVEST BANK” ATB o'z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida, bankning mobil versiyalar uchun mo'ljallangan ilovasini ishlab chiqdi. Ushbu dastur orqali foydalanuvchi bank xizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalanishi mumkin. Dasturning tashqi interfeysi sodda va tushunarli qilib yaratilgan. Ilovaning dizayni bank dizayniga hamohang tarzda ishlangan.

Обратная связь
Sizning so'rovingiz yuborildi.
Обратная связь