Madad Invest Bank Yuksak taraqqiyot sari

Аktsiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʼilishini chaqirish toʼgʼrisida

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki Bank Kengashi aktsiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʼilishini 2019 yil 7 iyunь kuni, soat 11:00 da, Fargʼona shahri, S.Temur koʼchasi, 71-uyda joylashgan “STROY MONTAJ INVEST” MChJ maʼmuriy binosining majlislar zalida oʼtkazilishini maʼlum qiladi.

Yigʼilish kun tartibi:

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki aktsiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʼilishi reglamentini tasdiqlash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki faoliyatining 2018 yil yakunlari boʼyicha Bank Kengashi hisobotini tasdiqlash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki faoliyatining 2018 yil yakunlari boʼyicha Bank Boshqaruvi hisobotini tasdiqlash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat bankining rivojlantirish strategiyasiga erishish uchun koʼrilayotgan choralar toʼgʼrisida Bank Boshqaruvi hisobotini tasdiqlash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat bankining 2018 yil yakunlari boʼyicha moliya-xoʼjalik faoliyati yuzasidan Taftish komissiyasi hisobotini tasdiqlash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat bankining 2018 yil yakunlari boʼyicha yillik hisobotini, buxgalteriya balansini hamda foyda va zararlari toʼgʼrisidagi hisobotini hamda auditorlik tashkiloti xulosasini tasdiqlash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki foydasini taqsimlash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki joriy xoʼjalik faoliyati bilan bogʼliq bitimlarni aniqlash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat bankining Bank Kengashi aʼzolarini saylash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki Bank Taftish komissiyasi aʼzolarini saylash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki Bank Boshqaruv raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat bankining yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki ustav kapitali miqdorini belgilash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki Ustaviga kiritiladigan oʼzgartishlar va qoʼshimchalarni tasdiqlash.

“Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki Bank Kengashining 2019 yil 10 maydagi majlisi qaroriga asosan aktsiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʼilishida ishtirok etish huquqiga ega boʼlgan aktsiyadorlar roʼyxati 2019 yil 3 iyunь kuni holatiga hamda umumiy yigʼilish oʼtkazilishi haqida aktsiyadorlarga xabar qilish uchun aktsiyadorlar roʼyxati 2019 yil 10 may kuni holatiga tuziladi.

Bank aktsiyadorlarini va yigʼilish qatnashchilarini roʼyxatga olish 2019 yil 7 iyunь kuni soat 10:00 dan 10:50 gacha davom etadi.

Аktsiyadorlar oʼzlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan oʼrnatilgan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari soʼraladi.

Аktsiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʼilishi boʼyicha maʼlumotlar bilan Fargʼona shahri, Mustaqillik koʼchasi, 312-uyda joylashgan “Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat bankida tanishishingiz mumkin. Bankning elektron pochta manzili: info@madadinvestbank.uz. Maʼlumot uchun telefonlar: +998-73-241-70-32, +998-73-241-70-44.

Bank Kengashi

Masofaviy bank xizmatlari yanada yaqinroq

"MADAD INVEST BANK” ATB o'z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida, bankning mobil versiyalar uchun mo'ljallangan mobil ilovasini ishlab chiqdi. Ushbu dastur orqali foydalanuvchi bank xizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalanishi mumkin. Dasturning tashqi interfeysi sodda va tushunarli qilib yaratilgan. Ilovaning dizayni bank dizayniga hamohang tarzda ishlangan.

Обратная связь
Sizning so'rovingiz yuborildi.