Yuksak taraqqiyot sari
Ishonch tefon raqami :     0 (373) 241-70-32
Tungi rejim
Maxsus imkoniyatlar
A++ A+ A
HumoCard - to'lov tizimlarining yangi avlodi

Humo – davlat xududida pul harakatini va xorijiy to‘lov tizimlari bilan o‘zaro munosabatlarni ta’minlaydigan hisob-kitoblar ishtirokchilari, to‘lov instrumentlari va vositalari, dasturiy-texnik vositalar, shuningdek, banklararo pul o‘tkazmalari tizimlari majmuidir.

To‘lov tizimining Operatori «Milliy banklararo protsessing markazi» («Milliy banklararo protsessing markazi») MChJ bo‘lib, u O‘zbekistonda xorijiy valyutada amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo‘yicha ma’lumotlar kliringini, shuningdek, «HumoCard» to‘lov tizimi doirasida amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo‘yicha protsessing funksiyalarini bajaradi. «HumoCard» to‘lov tizimida milliy valyutada hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank funksiyasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Hisob-kitob Kliring markazi amalga oshiradi.

Humo to‘lov tizimining Operatori xalqaro to‘lov tizimlari (Visa, MasterCard, Union Pay International) bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish bo‘yicha ishlarni olib bormoqda. Natijada Humo bank kartalari bilan xorijda chet el valyutasida operatsiyalarni o‘tkazish va yuqorida keltirilgan tizimlarning xorijiy banklarning kartalari orqali O‘zbekistonda operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Banklarning «HumoCard» to‘lov tizimiga a’zo bo‘lishi ixtiyoriydir.

Masofaviy bank xizmatlari yanada yaqinroq

"MADAD INVEST BANK” ATB o'z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida, bankning mobil versiyalar uchun mo'ljallangan ilovasini ishlab chiqdi. Ushbu dastur orqali foydalanuvchi bank xizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalanishi mumkin. Dasturning tashqi interfeysi sodda va tushunarli qilib yaratilgan. Ilovaning dizayni bank dizayniga hamohang tarzda ishlangan.

Обратная связь
Sizning so'rovingiz yuborildi.
Обратная связь