Madad Invest Bank Yuksak taraqqiyot sari

Humo bankomatlari visa kartalarini qabul qilishni boshladi

HUMO ning 250 dan ortiq bankomatlari Visa kartalarini qabul qilishni boshladi

Oʼzbekiston aholisi, chet ellik mehmonlar va sayyohlarga Visa xalqaro kartalaridan milliy valyutada mablagʼlarni yechish imkoniyati taqdim etildi. Toshkent, Buxoro, Xiva, Samarqand va boshqa shaharlarda oʼrnatilgan HUMO bankomatlari mehmonlarga 24/7 tartibda xizmat koʼrsatadi.

Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) Oʼzbekiston banklari bilan birgalikda Visa xalqaro toʼlov tizimi tomonidan oʼrnatilgan kurs boʼyicha milliy valyutada mablagʼlarni yechish imkoniyatini joriy qildi. Endi Visa xalqaro karta egalari uchun eng yaqin bankni qidirish zarur emas: oʼz mehmonxonalariga yoki sayyohlik obʼektlariga yaqin joylashgan HUMO va Visa logotiplariga ega bankomatni qidirib topishning oʼzi kifoya ekan.

Manba : Bank va mijoz kanali

Masofaviy bank xizmatlari yanada yaqinroq

"MADAD INVEST BANK” ATB o'z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida, bankning mobil versiyalar uchun mo'ljallangan mobil ilovasini ishlab chiqdi. Ushbu dastur orqali foydalanuvchi bank xizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalanishi mumkin. Dasturning tashqi interfeysi sodda va tushunarli qilib yaratilgan. Ilovaning dizayni bank dizayniga hamohang tarzda ishlangan.

Обратная связь
Sizning so'rovingiz yuborildi.