- Bosh sahifa
- Barcha yangiliklar
- “Madad Invest Bank” xususiy aksiyadorlik tijorat bankiga litsenziya berildi
“Madad Invest Bank” xususiy aksiyadorlik tijorat bankiga litsenziya berildi
“Madad Invest Bank” xususiy aksiyadorlik tijorat bankiga bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berildi,
deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki matbuot xizmati.
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 22-oktabrdagi qarori bilan O‘zbekiston
Respublikasining ‘O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida’ va ‘Xususiy bank va moliya institutlari hamda
ular faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida’gi qonunlariga muvofiq ‘Madad Invest Bank’ xususiy aksiyadorlik tijorat bankiga
bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berildi”, – deyiladi xabarda.