Bo'sh ish o'rni

“Madad Invest bank” ATB Xodimlar siyosatining maqsadi – strategik maqsad va vazifalarning amalga oshirilishiga, shuningdek Bank faoliyatining natijalarini yaxshilashga, ishga yangicha yondashuvlarni joriy etish va o‘zlashtirish.

Har bir xodim qonunchilik hujjatlari, yo‘riqnomalar, shuningdek bankning ichki qoidalari va tartibi doirasida ishlay olishi lozim.

Xodimlarni jalb qilishdan ko‘zlangan maqsad – Bankni tegishli malaka darajasiga ega bo‘lgan xodimlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida qondirish.
Tanlov tartibi:

  • ariza bilan birga topshirilgan hujjatlar (guvohnomalar, tarjimai hol, tavsifnomalar) ni tahlil qilish;
  • tavsiya etilayotgan nomzodlar ichki komissiya tomonidan suhbatdan o‘tkaziladi;
  • yollash paytidagi suhbat;
  • psixologik suxbat;
Yollash shartlari aniq talablar bilan bog‘liq bo‘lib, Bank xodimlarni quyidagi mezonlarga ko‘ra tanlaydi: kasbiy tayyorgarlik, ta’lim darajasi, yoshi, avvalgi ishjoylaridan tavsiyalar, taklif etiladigan ish haqi miqdori. Yosh mutaxassislar darajasi olingan ma’lumotining darajasi bo‘yicha, katta yoshdagi xodimlarning darajasi esa kasbiy tayyorgarligi va Bank sohasidagi ish tajribasi bo‘yicha aniqlanadi.

O'z rezyumengizni info@madadinvestbank.uz pochtasiga jo'nating.

Rezyumeni yuklab olish

© 2018, Barcha huquqlar himoyalangan. Barcha xizmatlar litsenziyaga ega
Madad Invest Bank